SOG ʻLIQNI SAQLASH TAʼLIM MUASSASALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH DA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR NING ROLI
Annotatsiya
Ushbu maqolada tibbiyot ta’limi sohalari va sog‘liqni saqlash ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati hamda ularning ta’lim jarayonini samarali va interaktiv tarzda tashkil etishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli t exnologiyalarni ta’lim jarayoniga tizimli va samarali ravishda joriy etish uchun ishlab chiqilgan asosiy prinsiplar, usullar va strategiyalar yoritilgan. Shuningdek, maqsad va vazifalarni aniq belgilash, talabalar ehtiyojlarini o‘rganish, texnologiyalarni maqbul tanlash va integratsiya jarayonini tashkil etish, ta’lim jarayonini monitoring qilish hamda baholash, uning doimiy rivojlanishi va yangilanishi masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishning afzalliklari va ularning tibbiyot ta’limining sifatini oshirishdagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
raqamli texnologiyalar, ta’lim jarayoni, raqamli transformatsiya, integratsiya, baholash mezonlari, raqamli tibbiyot