TIJORAT BANKLARIDA DEPOZIT OPERATSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING AQSH TAJRIBASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada AQSH tijorat banklarida depozit operatsiyalarini rivojlantirish tajribasi ilmiy -amaliy jihatdan tahlil qilin gan. Tadqiqotda depozitlarning bank resurs bazasidagi oʻrni, depozit mahsulotlarining diversifikatsiyasi hamda raqamli platformalar orqali jalb qilingan depozitlarning oʻsish xususiyatlari oʻrganildi. AQSH bank tizimida depozitlar hajmining yuqori darajada sa qlanib qolishi, sugʻurtalangan va sugʻurtalanmagan depozitlar nisbatidagi oʻzgarishlar hamda vositachi orqali jalb qilingan depoz itlar dinamikasi bank tizimi barqarorligini baholash nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari raqamli platformalar depozitlarni tezkor jalb qilish imkonini berishini, biroq ularning foiz stavkalariga sezgirligi va koʻchuvchanligi banklar uchun qoʻshimcha likvidlik risklarini yuzaga keltirishi mumkinligini koʻrsatadi. Maqolada AQSH tajribasi asosida depozit operatsiyalarini rivojlantirishda raqamli innovatsiyalarni ehtiyotkor va tizimli yondashuv asosida joriy etish zarurligi asoslab berilgan.
Kalit so'zlar
tijorat banklari, depozit operatsiyalari, AQSH bank tizimi, raqamli platformalar, brokered depozitlar, bank barqarorligi, depozitlarni sugʻurtalash
Adabiyotlar ro'yxati
- Federal Reserve Education. Types of Savings Accounts https://www.federalreserveeducation.org/resources/lessons/lesson --types -of-savings - accounts.pdf
- Consumer Financial Protection Bureau (CFPB). Regulation DD, Appendix A to Part 1030 — Annual Percentage Yield (APY) https://www.consumerfinance.gov/rules -policy/regulations/1030/A
- Federal Deposit Insurance Corporation (FDIC). Deposit Insurance FAQs https://www.fdic.gov/resources/deposit -insurance/faq
- Board of Governors of the Federal Reserve System (US) (2025) Deposits, All Commercial Banks (DPSACBW027SBOG). FRED, Federal Reserve Bank of St. Louis. Available at: https://fred.stlouisfed.org/series/DPSACBW027SBOG
- Federal Deposit Insurance Corporation (2025) Balance Sheet: Total Liabilities and Capital: Deposits: Domestic Office Deposits (QBPBSTLKDPDOFFDP). FRED, Federal Reserve Bank of St. Louis. Available at: https://fred.stlouisfed.org/series/QBPBSTLKDPDOFFDP
- Federal Deposit Insurance Corporation (2025) Quarterly Banking Profile (QBP). FDIC. Available at: https://www.fdic.gov/quarterly -banking -profile