QASHQADARYO VILOYATIDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK TOMONIDAN ISHLAB CHIQILGAN MAHSULOT HAJMINING PROGNOZLASH
Annotatsiya
Maqola Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishini ekonometrik modellashtirish orqali tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda 2000 – 2024 -yillar oralig‘idagi viloyat kichik biznes va tadbirkorlik (KBT) subyektlari bo‘yicha stati stika ma’lumotlari asosida regressiya tahlili va vaqt qatori metodlari qo‘llanildi. KBT mahsulot hajmini shakllantiruvchi asosiy omillar aniqlandi va 2025 –2030 - yillar uchun prognoz natijalari ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari bandlik darajasi, investitsiyalar va asosiy fondlar qiymatining mahsulot hajmiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Natijalar KBT rivojlanishining barqaror tendensiyasini tasdiqladi hamda hududiy iqtisodiy siyosatni shakllantirish va resurslarni samarali taqsimlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda asos bo‘ladi. Tadqiqotda EViews dasturida amalga o shirilgan ekonometrik hisob -kitoblar va prognozlash natijalari asosiy ilmiy metod sifatida xizmat qiladi.
Kalit so'zlar
Kichik biznes, tadbirkorlik, iqtisodiy rivojlanish, hududiy iqtisodiyot, Qashqadaryo viloyati, mahsulot hajmi, bandlik darajasi, investitsiyalar, korxonalar soni, asosiy fondlar, ekonometrik modellashtirish, regressiya tahlili, vaqt qatori tahlili, progno zlash, EViews dasturi, iqtisodiy omillar, barqaror o‘sish, hududiy siyosat, resurslarni taqsimlash