Asosiy navigatsiya menyusiga o'tish Asosiy kontentga o'tish Sayt quyi qismiga (futer) o'tish

OʻZBEKISTON SUGʻURTA BOZORIDA YASHIL SUGʻURTA KONSEPSIYASI: ZARURAT, JORIY HOLAT VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Tashkilot
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi, i.f.n., prof

Annotatsiya

Bugungi kunda ekologik xavflarning ortib borishi, iqlim oʻzgarishining salbiy taʼsiri va atrof -muhit muhofazasining dolzarbligi yashil sugʻurta konsepsiyasining global miqyosda muhim yoʻnalishlardan biriga aylanishiga sabab boʻlmoqda. Yashil sugʻurta ekolo gik risklar, tabiiy ofatlar, iqlim oʻzgarishi va boshqa muhitga bogʻliq tahdidlarni moliyaviy jihatdan boshqarish vositasi boʻlib, u barqaror rivojlanish tamoyillariga xizmat qiladi. Ushbu ilmiy tadqiqot Oʻzbekiston sugʻurta bozorida yashil sugʻurta konsep siyasining zaruratini, joriy holatini va istiqbollarini chuqur tahlil qiladi. Mamlakatimizda bu yoʻnalish hali toʻlaqonli shakllanmagan boʻlsa -da, xalqaro tajriba, davlat siyosatining ekologik yoʻnalishga eʼtibori va moliyaviy sektorning modernizatsiyasi a sosida uni joriy etish uchun katta salohiyat mavjud. Tadqiqotda shuningdek, mavjud muammolar, huquqiy va institutsional toʻsiqlar, bozor ishtirokchilarining tayyorgarlik darajasi, innovatsion sugʻurta mahsulotlariga talab va ularni joriy etish strategiyala ri koʻrib chiqiladi. Natijada yashil sugʻurtaning Oʻzbekistonda samarali amal qilishi uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Kalit so'zlar

yashil sugʻurta, ekologik risklar, sugʻurta bozori, barqaror rivojlanish, ESG, iqlim oʻzgarishi, yashil moliya, tabiiy ofatlar, sugʻurta mahsulotlari


Adabiyotlar ro'yxati

  1. Lauria, D., Lindquist, W. B., Mittnik, S., & Rachev, S. T. (2022). A Dynamic Model of ESG -Based Asset Pricing and Portfolio Optimization. arXiv preprint.
  2. Amel -Zadeh, A. (2022). ESG Integration in Financial Strategy. Saïd Business School, University of Oxford.
  3. Caldecott, B. (2023). Oxford Sustainable Finance Programme. https://www.smithschool.ox.ac.uk/oxford -sustainable -finance -group
  4. Zhou, X. (2023). ESG Performance and Economic Growth. Oxford Sustainable Finance Programme.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.