OʻZBEKISTON OLIY TAʼLIM TIZIMIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLARNING AHAMIYATI
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida 2016 -yildan keyin amalga oshirilgan islohotlarning mazmun -mohiyati va ularning ijtimoiy -iqtisodiy ahamiyati tizimli tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda oliy taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan d avlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, taʼlim qamrovini kengaytirish, oliy taʼlim muassasalari soni va talabalar kontingentining oʻsish dinamikasi rasmiy statistik maʼlumotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, xorijiy ilmiy adabiyotlar tahlili orqali taʼlimning inson kapitalini rivojlantirish va iqtisodiy oʻsishga taʼsiri asoslab berilgan.
Kalit so'zlar
oliy taʼlim tizimi, taʼlim islohotlari, davlat siyosati, inson kapitali, iqtisodiy rivojlanish, taʼlim qamrovi, oliy taʼlim muassasalari, talabalar soni, xalqaro tajriba, Yaponiya taʼlim tizimi, Germaniya taʼlim tizimi, taʼlim sifati