Asosiy navigatsiya menyusiga o'tish Asosiy kontentga o'tish Sayt quyi qismiga (futer) o'tish

FRANCHAYZING SUBYEKTLARI O‘RTASIDAGI KOOPERATSIYANI BAHOLASHNING KO‘P MEZONLI METODIKASINI ISHLAB CHIQISH VA SAMARADORLIKNI ANIQLASH

Tashkilot
Buxoro Davlat universiteti “Iqtisodiyot ” kafedrasi dotsenti , PhD

Annotatsiya

Mazkur maqolada franchayzing subyektlari o‘rtasidagi kooperatsiya darajasini baholashga qaratilgan ko‘p mezonli metodika ishlab chiqilgan. Franchayzer va franchayzi o‘rtasidagi strategik hamkorlik faqat huquqiy va moliyaviy mexanizmlar bilan cheklanmasligi , balki xizmat sifati, innovatsiyalarni qabul qilish darajasi va brend standartlariga rioya qilish kabi noan’anaviy ko‘rsatkichlar orqali ham baholanishi zarurligi ilmiy asoslab berilgan. Tadqiqotda KPI indikatorlari aniqlanib, Delphi ekspert baholash meto di orqali ularning amaliy qiymati tasdiqlangan, AHP metodi yordamida esa ko‘rsatkichlarning vazn koeffitsientlari hisoblab chiqilgan. Yakuniy bosqichda Kooperatsiya Kuch Indeksi (KKI) ishlab chiqilib, 10 ta franchayzing tarmog‘i misolida amaliy sinovdan o‘ tkazilgan. Natijalar franchayzing tarmoqlarida kooperatsiya darajasi sezilarli farqlanishini, brend standartlariga rioya qilish eng muhim ta’sir omili ekanini va KPI indikatorlari o‘rtasida o‘zaro sinergiya mavjudligini ko‘rsatdi. Taklif etilgan metodika f ranchayzing tizimini strategik boshqarishda, franchayzer -franchayzi aloqalarini mustahkamlashda hamda davlat siyosati darajasida franchayzingni qo‘llab - quvvatlash dasturlarini shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar

franchayzing, kooperatsiya, KPI, Delphi, AHP, SERVQUAL, kooperatsiya kuchi indeksi, brend standartlari, konsalting xizmatlari, innovatsiyalarni qabul qilish, baholash metodikasi, strategik hamkorlik, franchayzer, franchayzi


Adabiyotlar ro'yxati

  1. Aaker D. A. Building Strong Brands. — New York: Free Press, 1996. — 400 p.
  2. Hoffman R. C., Preble J. F. Franchising: Selecting a strategy for rapid growth // Business Horizons. — 2003. — Vol. 46, No. 2. — P. 29 –36. — DOI: 10.1016/S0007 - 6813(03)00013 -2.
  3. Kaufmann P. J., Dant R. P. Franchising and the domain of entrepreneurship research // Journal of Business Venturing. — 1999. — Vol. 14, No. 1. — P. 5–16. — DOI: 10.1016/S0883 -9026(97)00099 -2.
  4. Linstone H. A., Turoff M. The Delphi Method: Techniques and Applications. — Reading, MA: Addison -Wesley, 1975. — 640 p.
  5. Parasuraman A., Zeithaml V. A., Berry L. L. SERVQUAL: A Multiple -Item Scale for Measuring Consumer Perceptions of Service Quality // Journal of Retailing. — 1988. — Vol. 64, No. 1. — P. 12 –40.
  6. Saaty T. L. The Analytic Hierarchy Process: Planning, Priority Setting, Resource Allocation. — New York: McGraw -Hill, 1980. — 287 p.
  7. Sharma A., Herrington D. Franchising relationships: Benefits and challenges of franchising from franchisee’s perspectives // Journal of Services Research. — 2003. — Vol. 2, No. 2. — P. 57 –79.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.