SURXONDARYO VILOYATI ISHLAB CHIQARISH SANOAT RAQOBATBARDOSHLIGINI KOʻRSATKICHLAR STATISTIK TADQIQOTI
Annotatsiya
Annotatsiya
Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati ishlab chiqarish sanoati korxonalarining
raqobatbardoshligi iqtisodiy-statistik usullar asosida baholandi. Tadqiqotda hudud
sanoatining ishlab chiqarish hajmi, rivojlanish dinamikasi hamda respublika
sanoatidagi ulushi tahlil qilindi. Raqobatbardoshlikni aniqlashda sanoat ishlab
chiqarish hajmi indeksi, mehnat unumdorligi indeksi va integral raqobatbardoshlik
indeksi ko‘rsatkichlari qo‘llanildi. 2014-2024-yillar statistik ma’lumotlari asosida
hudud sanoatining o‘sish sur’atlari va tarkibiy xususiyatlari o‘rganildi. Tahlil natijalari
sanoat ishlab chiqarishi mutlaq hajmda barqaror o‘sganini, biroq viloyatning
respublika sanoatidagi ulushi past darajada qolayotganini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari
sanoatni diversifikatsiyalash, innovatsion ishlab chiqarishni rivojlantirish va mehnat
unumdorligini oshirish orqali hudud sanoati raqobatbardoshligini kuchaytirish
zarurligini ko‘rsatdi.
Kalit soʻzlar: Surxondaryo viloyati, ishlab chiqarish sanoati, raqobatbardoshlik,
sanoat ishlab chiqarishi, mehnat unumdorligi, integral indeks, iqtisodiy-statistik tahlil,
hududiy rivojlanish.