SAMARQAND VILOYATI QURILISH SOHASINING AMALDAGI HOLATI VA ISTIQBOLDAGI RIVOJLANISHI
Annotatsiya
Annotatsiya
Ushbu maqolada Samarqand viloyatida qurilish sohasining hozirgi vaziyati va
uning rivojlanish tendensiyalari atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida hududda
olib borilayotgan qurilish ishlari hajmi, turar-joy va ijtimoiy infratuzilma
obyektlarining qurilishi, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining rivojlanish
darajasi hamda investitsion faoliyat koʻrsatkichlari oʻrganildi. Bundan tashqari,
shaharsozlik loyihalari, innovatsion va raqamli texnologiyalarning qoʻllanilishi,
eksport salohiyati hamda kelgusidagi rivojlanish yoʻnalishlari tahlil qilindi. Maqola
natijalari Samarqand viloyatida qurilish sohasining hudud iqtisodiyotiga taʼsiri va
barqaror rivojlanishdagi oʻrnini aniqlashga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar: Samarqand viloyati, qurilish sohasi, shaharsozlik, infratuzilma,
investitsiyalar, qurilish materiallari, turar-joy qurilishi, innovatsiyalar, iqtisodiy
rivojlanish, barqaror oʻsish.