ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA LOGISTIKA XIZMATINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI
Annotatsiya
Annotatsiya
Mazkur maqolada ishlab chiqarish korxonalarida logistika xizmatini
rivojlantirishning dolzarb masalalari tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan. Ishlab
chiqarish tizimlarining evolyutsiyasi, sanoat inqiloblari va raqamli iqtisodiyot
sharoitida logistika xizmatining roli hamda funksional mazmunidagi oʻzgarishlar ilmiy
jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda ishlab chiqarish-logistik makonning yaxlitligini
taʼminlash, moddiy va axborot oqimlarini sinxronlashtirish, zaxiralarni
optimallashtirish hamda logistika xarajatlarini kamaytirish masalalariga alohida eʼtibor
qaratilgan. Shuningdek, korxonalarda logistika xizmatini samarali tashkil etishning
ustuvor yoʻnalishlari - raqamli texnologiyalarni joriy etish, tejamkor ishlab chiqarish
tamoyillarini qoʻllash, taʼminot zanjiri ishtirokchilari oʻrtasida integratsiyani
kuchaytirish hamda jarayonlarga yoʻnaltirilgan boshqaruv tizimini shakllantirish
asoslab berilgan.
Kalit soʻzlar: ishlab chiqarish logistikasi, ishlab chiqarish-logistika tizimi,
taʼminot logistikasi, taqsimot logistikasi, resurslar harakati logistikasi, transport
logistikasi, ichki ishlab chiqarish oqimlari, omborlash, raqamli platformalar,
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari.