KORXONA AXBOROT TIZIMLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASHDA ITAUTSORSINGDAN FOYDALANISHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI
Annotatsiya
Annotatsiya
Mazkur maqolada korxona axborot tizimlarini qo‘llab-quvvatlash jarayonida ITautsorsingdan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari tahlil qilingan. Raqamli
transformatsiya sharoitida axborot tizimlarining uzluksiz ishlashi, ishonchliligi va
xavfsizligini ta’minlash muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotda IT-autsorsingning
mazmuni, asosiy shakllari hamda uni joriy etish mexanizmlari yoritilib, iqtisodiy
samaradorlik, texnik barqarorlik va boshqaruv jarayonlariga ta’siri baholangan.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri tanlangan IT-autsorsing modeli xarajatlarni
optimallashtiradi, xizmatlar sifatini oshiradi va boshqaruv qarorlarining tezkorligini
ta’minlaydi. Joriy etish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tashkiliy va
xavfsizlikka oid muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab
chiqilgan.
Kalit soʻzlar: axborot tizimlari, IT-autsorsing, korxona boshqaruvi, raqamli
texnologiyalar, texnik qoʻllab-quvvatlash, axborot xavfsizligi, xizmatlar sifati,
iqtisodiy samaradorlik.