Asosiy navigatsiya menyusiga o'tish Asosiy kontentga o'tish Sayt quyi qismiga (futer) o'tish

TOʻQIMACHILIK KORXONALARI B2B BOZORIDA QIYMAT YARATISH VA MUNOSABATLAR MARKETINGI NAZARIYASI

Annotatsiya

Annotatsiya
Mazkur maqolada to‘qimachilik sanoati korxonalarining B2B bozorida qiymat
yaratish jarayonlari va munosabatlar marketingi nazariyasining amaliy jihatlari tahlil
qilindi. Tadqiqot davomida relatsion, qo‘shilgan va strategik qiymat darajalari tizimli
ravishda ko‘rib chiqildi. Dwyer–Schurr–Oh, Morgan–Hunt hamda Ulaga–Eggert
konseptual modellarining asosiy elementlari to‘qimachilik sektoriga moslashtirildi.
B2B munosabatlar rivojlanishining bosqichlari aniqlanib, ishonch, majburiyat va
axborot almashinuvi omillarining qiymat shakllanishiga ta’siri baholandi. O‘zbekiston
to‘qimachilik sanoatining eksport faoliyati va xalqaro hamkorlik tajribasi asosida
munosabatlar kapitalini rivojlantirish yo‘nalishlari tavsiflandi. Tadqiqot natijalari
to‘qimachilik korxonalarida strategik hamkorlikni mustahkamlash va qiymatga
asoslangan B2B munosabatlarini shakllantirish uchun amaliy asos sifatida baholandi.
Kalit soʻzlar: munosabatlar marketingi, B2B bozor, qiymat yaratish,
toʻqimachilik sanoati, strategik hamkorlik, ishonch, integratsion model.


Adabiyotlar ro'yxati

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.