TOʻQIMACHILIK SANOATI KORXONALARINING SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA BALANSLASHGAN KOʻRSATKICHLAR TIZIMIDAN FOYDALANISH
Annotatsiya
Annotatsiya
Mazkur maqolada toʻqimachilik sanoati korxonalarida samaradorlikni oshirishda
balanslashgan koʻrsatkichlar tizimi (BKT)dan foydalanishning nazariy-uslubiy
asoslari yoritilgan. Tadqiqotda BKT korxona faoliyatining moliyaviy va nomoliyaviy
jihatlarini yagona boshqaruv mexanizmiga integratsiyalovchi strategik boshqaruv
vositasi sifatida talqin etiladi. Maqolada isteʼmolchilar bilan ishlash, ichki xoʻjalik
jarayonlari, innovatsion rivojlanish va moliyaviy natijalar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik
asosida samaradorlikni baholash imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek,
toʻqimachilik korxonalarida BKTni joriy etish orqali boshqaruv jarayonlarini
takomillashtirish, resurslardan samarali foydalanish va raqobatbardoshlikni oshirish
mumkinligi ilmiy jihatdan xulosalangan.
Kalit soʻzlar: balanslashgan koʻrsatkichlar tizimi, toʻqimachilik sanoati, strategik
boshqaruv, samaradorlik, moliyaviy va nomoliyaviy koʻrsatkichlar, innovatsion
rivojlanish, ichki biznes jarayonlari, raqobatbardoshlik.