IQTISODIY MODERNIZATSIYASI VA GLOBAL MEGATRENDLAR SINERGIYASI
Annotatsiya
Annotatsiya
Ushbu maqolada global miqyosda kuzatilayotgan megatrendlar va ularning
Oʻzbekiston iqtisodiy siyosatiga taʼsiri oʻrganildi. Xususan, raqamli transformatsiya,
yashil iqtisodiyot, urbanizatsiya va mehnat bozoridagi oʻzgarishlar kabi yoʻnalishlar
tahlil qilinadi. Maqolada Oʻzbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan strategik
hujjatlar va islohotlar global tendensiyalar bilan qanchalik mos ekanligi tahlil qilinib,
moslashtirish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalari respublikaning uzoq
muddatli iqtisodiy barqarorligini taʼminlashda megatrendlar asosidagi yondashuvning
dolzarbligini koʻrsatadi.
Kalit soʻzlar: megatrendlar, iqtisodiy siyosat, raqamli transformatsiya, yashil
iqtisodiyot, urbanizatsiya, barqaror rivojlanish, strategik rejalashtirish.