FINANCIAL SITUATION ANALYSIS IN IDENTIFYING RISKS OF ECONOMIC INSOLVENCY: A CASE STUDY OF GENERAL MOTORS
Annotatsiya
Annotatsiya
Maqolada moliyaviy holat tahlilining iqtisodiy nochorlik risklarini erta
aniqlashdagi ahamiyati General Motors kompaniyasi misolida o‘rganildi. Korxonaning
likvidlik, to‘lovga qobiliyatlilik, rentabellik va pul oqimlari ko‘rsatkichlari tizimli
baholandi. Moliyaviy tahlil natijalari boshqaruv qarorlarini takomillashtirish va
risklarni kamaytirish imkonini bergani asoslandi. Altman Z-score modeli orqali
bankrotlik ehtimoli aniqlanib, moliyaviy barqarorlik darajasini baholash imkoniyati
ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari moliyaviy ko‘rsatkichlarni muntazam monitoring qilish
va prognozlash usullarini qo‘llash korporativ barqarorlikni mustahkamlash hamda
inqirozlarning oldini olishda samarali vosita bo‘lganini tasdiqladi.
Kalit soʻzlar: moliyaviy holat tahlili, iqtisodiy nochorlik riski, bankrotlik,
Altman Z-score modeli, likvidlik, General Motors, risklarni boshqarish, moliyaviy
leveraj, pul oqimi.