QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALARNING MARKETING FAOLIYATINI BOSHQARISHDA RAQAMLI MARKETING VOSITALARINING OʻRNI
Annotatsiya
Annotatsiya
Ushbu maqolada qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning
marketing faoliyatini boshqarishda raqamli marketing vositalarining oʻrni va ahamiyati
tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida jahon va Oʻzbekiston qurilish materiallari bozori
tahlil qilingan, raqamli marketing kanallarining samaradorligi baholangan hamda
korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda zamonaviy raqamli yondashuvlarning
imkoniyatlari koʻrsatilgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, SEO, ijtimoiy tarmoqlar
marketingi va elektron pochta marketingi qurilish materiallari sanoatida mijozlarni jalb
qilish va sotuvlarni oshirishda yuqori samaradorlikka ega. Tadqiqot natijalari asosida
Oʻzbekiston qurilish materiallari korxonalari uchun raqamli marketing strategiyalarini
joriy etish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar: raqamli marketing, qurilish materiallari, SEO, ijtimoiy tarmoqlar
marketingi, B2B marketing, marketing boshqaruvi, Oʻzbekiston.