ULGURJI SAVDO KORXONALARINING ULGURJI SAVDO AYLANMASI VA UNI OSHIRISHDAGI MUAMMOLAR
Annotatsiya
Annotatsiya
Mazkur maqolada ulgurji savdo korxonalarining ulgurji savdo aylanmasi
shakllanish mexanizmlari hamda uni oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolar
kompleks tarzda tadqiq etilgan. Ulgurji savdoning iqtisodiyotdagi oʻrni, talab va
taklifni muvofiqlashtirishdagi roli hamda ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchi oʻrtasidagi
vositachilik funksiyasi nazariy jihatdan asoslab berilgan. Ulgurji savdo
korxonalarining asosiy savdo faoliyati koʻrsatkichlari, aylanma mablagʻlardan
foydalanish samaradorligi, aylanma mablagʻlar aylanish koeffitsiyenti va muddati,
tovar zaxiralarining aylanish darajasi hamda oʻrtacha kunlik savdo hajmi tahlil
qilingan. Tahlil natijalaridan kelib chiqib, ulgurji savdo aylanmasini oshirish boʻyicha
ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar: ulgurji savdo aylanmasi, tovar zaxiralari, logistika xarajatlari,
transport xarajatlari, ombor xarajatlari, qadoqlash va yuklash xarajatlari, savdo
aylanmasining oʻrtacha aylanma mablagʻlarga nisbati, ulgurji savdo aylanmasining
oʻrtacha kunlik hajmi, strategik va operatsion darajadagi xizmat koʻrsatish jarayonlari