XIZMATLAR SOHASIDA SUNʼIY INTELLEKTGA ASOSLANGAN MARKETINGNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekiston xizmatlar sohasida sunʼiy intellekt (SI) asosidagi
marketing tizimlarini joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan.
Tadqiqotning maqsadi xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarda CRMning raqamli
transformatsiyasi va SI texnologiyalaridan foydalanish istiqbollarini aniqlashdan
iborat. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tizimli tahlil, taqqoslash, ikkilamchi statistik
maʼlumotlar tahlili va ilmiy manbalarni umumlashtirish usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, SI asosidagi CRM tizimlari mijozlar xattiharakatlarini bashorat qilish, shaxsiylashtirilgan marketing takliflarini shakllantirish va
xizmatlar sifatini oshirishda muhim rol oʻynaydi. Xulosa qismida xizmatlar sohasi
subyektlari uchun SI asosidagi CRMgni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha ilmiyamaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar: CRM, sunʼiy intellekt, xizmatlar sohasi, raqamli transformatsiya,
mijozlar sodiqligi, marketingni avtomatlashtirish, maʼlumotlar tahlili (Big Data),
mijozlar tajribasi, personalizatsiya, chat-bot texnologiyalari, omni-kanal marketing,
mijozlar segmentatsiyasi, sodiqlik dasturlari, konversiya darajasi, raqamli
platformalar, real vaqt rejimida marketing.