ВЛИЯНИЕ КОНКУРЕНТНОЙ СРЕДЫ И ИНСТИТУЦИОНАЛЬНЫХ ФАКТОРОВ НА МАЛЫЙ БИЗНЕС
Annotatsiya
Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes rivojlanishiga raqobat muhiti va
institutsional omillarning taʼsiri tahlil qilingan. KOBning yalpi ichki mahsulot, bandlik
va eksportdagi ulushi asosida uning milliy iqtisodiyotdagi oʻrni baholangan. Soʻnggi
yillarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tartibga solish jarayonlarini
soddalashtirish va bozor mexanizmlarini kengaytirish borasida amalga oshirilgan
islohotlar natijalari koʻrib chiqilgan. Xalqaro reyting va baholashlar asosida
institutsional oʻzgarishlarning ijobiy dinamikasi yoritilgan. Raqobat muhitini
mustahkamlash, moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va
monopoliyaga qarshi mexanizmlarni takomillashtirish kichik biznesning barqaror
oʻsishini taʼminlovchi muhim omillar sifatida asoslangan.
Kalit soʻzlar: kichik biznes, raqobat muhiti, institutsional islohotlar, tadbirkorlik,
biznes muhiti, moliyaviy resurslar, barqaror rivojlanish.