Asosiy navigatsiya menyusiga o'tish Asosiy kontentga o'tish Sayt quyi qismiga (futer) o'tish

OʻZBEKISTON SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMIDA TADBIRKORLIKRIVOJLANISHINING ZAMONAVIY HOLATI VA AMALIY TAHLILI

Annotatsiya

Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektor va tadbirkorlikning faollashuvi
Oʻzbekistonda davlat xizmatlari sifatini oshirish, aholi talabi ortib borayotgan
yoʻnalishlarda qoʻshimcha quvvatlar yaratish hamda investitsiyalarni jalb qilish
siyosati bilan uzviy bogʻlandi. Milliy qonunchilik sogʻliqni saqlashning yagona tizimi
davlat, xususiy va boshqa tizimlar majmuasidan iborat ekanini belgilab, xususiy
tibbiyotning institutsional legitimligini mustahkamlaydi (yagona tizim konsepsiyasi
hamda xususiy tizimlarni rivojlantirishga sharoit yaratish vazifasi). Biroq tadbirkorlik
rivoji sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va koʻp tarmoqli islohotlar bilan bir vaqtda
kechmoqda.
Maqolada Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimida tadbirkorlik va xususiy
sektorning rivojlanishi kompleks tahlil qilinadi: normativ-huquqiy muhit,
moliyalashtirish arxitekturasi, xizmat koʻrsatish modeli va innovatsion transformatsiya
jarayonlarida xususiy provayderlarning roli baholanadi. Tadqiqot aralash (mixedmethod)
yondashuvda olib borildi: huquqiy hujjatlar kontent-tahlili, milliy statistika
koʻrsatkichlarining deskriptiv tahlili, xalqaro hisobotlar (WHO, World Bank) boʻyicha
komparativ xulosalar hamda uchta keys-stadi (dializ DXSh, xususiy koʻp tarmoqli
markaz, laboratoriya tarmogʻi) asosida amaliy toʻsiqlar va imkoniyatlar oʻrganildi.
Natijalar xususiy sektor oʻsishi tezlashayotganini, biroq hududiy konsentratsiya, “oʻz
choʻntagidan” toʻlovlar ulushi, kadrlar va sifat monitoringidagi institutsional
boʻshliqlar tadbirkorlikning ijtimoiy samaradorligini cheklayotganini koʻrsatadi.
Maqola sugʻurta asosida strategik xaridni kengaytirish, litsenziyalash-akkreditatsiyani
natija indikatorlari bilan bogʻlash, raqamli sogʻliq infratuzilmasini interoperabel
standartlar asosida joriy qilish, DXSh loyihalarini hududiy tenglik mezonlari bilan
saralash hamda tadbirkorlar uchun komplayens/menejment kompetensiyalarini
kuchaytirish boʻyicha amaliy tavsiyalarni taklif etadi.

Kalit so'zlar

Dializ, xususiy sektor, OOP-Out-of-pocket, davlat-xususiy sheriklik, tibbiy sugʻurta, strategik xarid, litsenziyalash, akkreditatsiya, raqamli sogʻliqni saqlash.


Adabiyotlar ro'yxati

  1. 1. Asian Development Bank (ADB) and Japan International Cooperation Agency
  2. (JICA) (2023) Financing of dialysis PPP project in Uzbekistan. Tokyo: JICA.
  3. Available at: https://www.jica.go.jp (Accessed: 8 February 2026).
  4. 2. Cho, Y. and Haverkort, T. (2023) ‘Out-of-pocket health care expenditures in
  5. Uzbekistanʼ, World Bank Policy Research Working Paper. Available at:
  6. https://openknowledge.worldbank.org (Accessed: 8 February 2026).
  7. 3. International Finance Corporation (IFC) (2023) Uzbekistan Dialysis PPP Brief.
  8. Washington, DC: World Bank Group. Available at: https://www.ifc.org (Accessed: 8 February 2026).
  9. 4. Rechel, B. et al. (2023) ‘Primary care reforms in Central Asiaʼ, European
  10. Observatory on Health Systems and Policies. Available at:
  11. https://eurohealthobservatory.who.int (Accessed: 8 February 2026).
  12. 5. Preker, A.S. va Harding, A. (2003) Private Participation in Health Services.
  13. Washington, DC: World Bank. Available at: https://openknowledge.worldbank.org (Accessed: 8 February 2026).
  14. 6. Oʻzbeksiton Respublikasining 1996-yil 29-avgust 265-I-son “Fuqarolar
  15. sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni https://lex.uz/docs/-26013
  16. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-oktabr PQ-3297-son
  17. “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida davlat aktivlarini sotish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori https://lex.uz/docs/-3368346
  18. 8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabr PQ-3450-son
  19. “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish toʻgʻrisida”gi Qarori https://lex.uz/uz/docs/-3480494
  20. 9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabr PF-5590-son
  21. “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni https://lex.uz/docs/-
  22. 4096197?otherlang=1
  23. 10. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-may OʻRQ-537-son “Davlatxususiy
  24. sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni https://lex.uz/ru/docs/-4329270

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.