TURIZM QISHLOGʻI KONSEPSIYASINING QISHLOQ TURIZMI VAMEHMONXONA FAOLIYATI INTEGRATSIYASI NUQTAYI NAZARIDANNAZARIY YONDASHUVLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada turizm qishlogʻi konsepsiyasi qishloq turizmi, mahalliy
hamjamiyatga asoslangan turizm (community based tourism, CBT), barqaror turizm,
turistik manzil boshqaruvi va mehmonxona faoliyati integratsiyasi nuqtai nazaridan
nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi turizm qishlogʻini faqat hududiy
yoki etnografik birlik sifatida emas, balki koʻp subyektli boshqaruv, tunab qolishga
yoʻnaltirilgan xizmatlar zanjiri, mahalliy ishtirok va barqaror rivojlanish tamoyillariga
asoslangan kompleks turistik manzil modeli sifatida talqin qilishdan iborat. Tadqiqotda
tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, kontent tahlil va konseptual sintez usullaridan
foydalanildi. Natijada qishloq turizmi turizm qishlogʻining resurs va tajriba bazasini,
hamjamiyatga asoslangan turizm mahalliy ishtirok mexanizmini, barqaror turizm
rivojlanish mezonlarini, turistik manzil boshqaruvi koordinatsiya va bozorga chiqarish
mexanizmini, mehmonxona faoliyati esa mazkur tizimning markaziy infratuzilmaviy
va iqtisodiy boʻgʻinini shakllantirishi asoslab berildi. Maqolada Oʻzbekiston sharoitida
turizm qishlogʻi modelini ilmiy asoslash uchun mualliflik konseptual yondashuvi taklif
etiladi.
Kalit so'zlar
turizm qishlogʻi, qishloq turizmi, hamjamiyatga asoslangan turizm, barqaror turizm, turistik manzil boshqaruvi, mehmonxona faoliyati, oilaviy mehmon uylari, qishloq hududlari.
Adabiyotlar ro'yxati
- 1. UNEP; UNWTO. Making Tourism More Sustainable: A Guide for Policy
- Makers. Paris; Madrid, 2005.
- 2. Global Sustainable Tourism Council. GSTC Destination Criteria. Version 2.0.
- Washington, DC, 2019.
- 3. UN Tourism. Tourism and Rural Development. Madrid, 2020.
- 1. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgust PF-5781-son
- “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni https://lex.uz/docs/-4474527
- 5. Rosalina P. D., Dupre K., Wang Y. Rural tourism: A systematic literature
- review on definitions and challenges // Journal of Hospitality and Tourism
- Management. 2021. Vol. 47. P. 134–149.
- 6. Dai Quang T., Hieu V. M., Cuong N. T. Toward sustainable community-based
- tourism development: Perspectives from local people in Nhon Ly coastal community, Binh Dinh province, Vietnam // Heliyon. 2023. Vol. 9. No. 10. e21035. 2.
- 7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi
- 433-son “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori
- https://lex.uz/docs/-4930291
- 8. World Bank Group. Destination Management Handbook. Washington, DC,
- 2023.
- 9. Albaladejo-Pina I. P., Díaz-Delfa M. T. Rural tourism demand by type of
- accommodation // Tourism Management. 2005. Vol. 26. No. 6. P. 951–959. DOI:
- 10.1016/j.tourman.2004.06.013.
- 10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son
- “Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni https://lex.uz/uz/docs/-7031233