REDUCING REGIONAL POVERTY THROUGH GREEN AND INCLUSIVE INFRASTRUCTURE: THE “5I” MODEL IN THE CASE OF BUKHARA REGION

Tashkilot
Urganch davlat universiteti image/svg+xml
III Bioiqtisodiyot xalqaro forumi, Buxoro, 24-25-sentabr 2026

Annotatsiya

Maqolada mintaqaviy darajada kambagʻallikni qisqartirishning asosiy ijtimoiyiqtisodiy mexanizmi sifatida yashil va inklyuziv infratuzilmani rivojlantirish Buxoro viloyati misolida oʻrganilgan. Muallifning “5I” modeli (Investitsiyalar - Infratuzilma - Inklyuziya - Innovatsiya - Daromad) davlat va xususiy investitsiyalar; transport, energetika, suv va raqamli infratuzilma; kam taʼminlangan guruhlarni jalb etish; yashil va raqamli innovatsiyalar hamda barqaror daromad manbalarini yagona tizimga birlashtiradi. Viloyatning 11 ta tumani boʻyicha 2019-2024-yillar maʼlumotlarining regressiya tahlili infratuzilmaga investitsiyalarning 1 foizga oshishi kambagʻallik darajasini 0,34 foizga kamaytirishini koʻrsatdi (R² = 0,776). Infratuzilma tafovutlari (qishloqda xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish 71 foiz, tuman yoʻllarining 28 foizi taʼmirtalab, elektr tarmoqlaridagi yoʻqotishlar 13,2 foiz) tumanlararo tengsizlikning tarkibiy omili sifatida aniqlandi. Toʻrt darajali (mega - makro - mezo - mikro) kambagʻallikni qisqartirish modeli ishlab chiqildi; uning jami samarasi 11,0 foiz punktni, shu jumladan sinergiya samarasi 2,4 foiz punktni tashkil etadi. Yashil infratuzilma loyihalarini kambagʻallik xaritasi asosida manzilli joylashtirish, besh manbali moliyalashtirish modeli va aylanma bioiqtisodiyot tamoyillarini qishloq infratuzilmasiga integratsiyalash boʻyicha tavsiyalar asoslandi.

Kalit so'zlar

mintaqaviy iqtisodiyot, kambagʻallikni qisqartirish, yashil infratuzilma, inklyuziv rivojlanish, “5I” modeli, tumanlararo tengsizlik, davlat-xususiy sheriklik, aylanma bioiqtisodiyot, Buxoro viloyati


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Aschauer, D. A. (1989). Is public expenditure productive? Journal of Monetary Economics, 23(2), 177-200. https://doi.org/10.1016/0304-3932(89)90047-0
  2. Asher, S., & Novosad, P. (2020). Rural roads and local economic development. American Economic Review, 110(3), 797-823. https://doi.org/10.1257/aer.20180268
  3. Banerjee, A. V., & Duflo, E. (2011). Poor economics: A radical rethinking of the way to fight global poverty. PublicAffairs
  4. Calderón, C., & Servén, L. (2014). Infrastructure, growth, and inequality: An overview (Policy Research Working Paper No. 7034). World Bank. https://doi.org/10.1596/1813-9450-7034
  5. D’Amato, D., Droste, N., Allen, B., Kettunen, M., Lähtinen, K., Korhonen, J., Leskinen, P., Matthies, B. D., & Toppinen, A. (2017). Green, circular, bio economy: A comparative analysis of sustainability avenues. Journal of Cleaner Production, 168, 716-734. https://doi.org/10.1016/j.jclepro.2017.09.053
  6. De Soto, H. (2000). The mystery of capital: Why capitalism triumphs in the West and fails everywhere else. Basic Books
  7. Dinkelman, T. (2011). The effects of rural electrification on employment: New evidence from South Africa. American Economic Review, 101(7), 3078-3108. https://doi.org/10.1257/aer.101.7.3078
  8. Fan, S., Hazell, P., & Thorat, S. (2000). Government spending, growth and poverty in rural India. American Journal of Agricultural Economics, 82(4), 1038-1051. https://doi.org/10.1111/0002-9092.00101
  9. Hirschman, A. O. (1958). The strategy of economic development. Yale University Press
  10. Khandker, S. R., Bakht, Z., & Koolwal, G. B. (2009). The poverty impact of rural roads: Evidence from Bangladesh. Economic Development and Cultural Change, 57(4), 685-722. https://doi.org/10.1086/598765
  11. Porter, M. E. (1998). Clusters and the new economics of competition. Harvard Business Review, 76(6), 77-90
  12. Sen, A. (1999). Development as freedom. Oxford University Press
  13. World Bank. (2024). Poverty, prosperity, and planet report 2024: Pathways out of the polycrisis. World Bank. https://doi.org/10.1596/978-1-4648-2123-3
  14. Law of the Republic of Uzbekistan No. ZRU-537 of May 10, 2019 “On public-private partnership”. https://lex.uz/docs/4329270
  15. Decree of the President of the Republic of Uzbekistan No. PF-21 of February 16, 2026 “On additional measures to consistently continue reforms and bring them to a new stage within the priority areas of national development until 2030”. https://lex.uz/docs/8050769
  16. Resolution of the President of the Republic of Uzbekistan No. PQ-436 of December 2, 2022 “On measures to improve the effectiveness of reforms aimed at the transition of the Republic of Uzbekistan to a ‘green’ economy until 2030”. https://lex.uz/docs/6303230

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.