BARQAROR INNOVATSIYALAR ASOSIDA SUD TIZIMIDA MODDIY-TEXNIK RESURSLARNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Abstract
Tezisda barqaror innovatsiyalar asosida sud tizimida moddiy-texnik resurslarni boshqarish samaradorligini oshirish masalalari oʻrganildi. Davlat boshqaruvidagi innovatsiyalar, elektron odil sudlov, barqaror davlat xaridlari va hayotiy sikl xarajatlari yondashuvlari umumlashtirildi. Sud faoliyatini raqamlashtirish natijasida erishilgan tejamkorlik koʻrsatkichlari tahlil qilindi: videokonferensiya tizimi bilan jihozlangan 400 ga yaqin zal orqali ikki yilda 161 mlrd soʻm, har bir zal hisobiga esa taxminan 402 mln soʻm mablagʻ tejalgani aniqlandi. Murojaatlarning 60 foizi elektron shaklga oʻtgani, 35 ta davlat tashkilotining 52 ta axborot tizimi Oliy sud tizimi bilan integratsiya qilingani koʻrsatildi. Uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarni xarid qilishda eng past narx oʻrniga eng kichik hayotiy sikl xarajati mezonini qoʻllash asoslandi. Raqamli aktivlar reestri, hayotiy sikl xarajatlari asosidagi xarid, energiya samarador binolar va raqamli sud xizmatlarini yagona axborot tizimi atrofida birlashtirgan model hamda uning samaradorlik koʻrsatkichlari taklif etildi.
Keywords
sud tizimi, moddiy-texnik resurslar, barqaror innovatsiya, elektron odil sudlov, hayotiy sikl xarajatlari, yashil xaridlar, raqamli sud.
References
- Brammer, S., & Walker, H. (2011). Sustainable procurement in the public sector: An international comparative study. International Journal of Operations & Production Management, 31(4), 452-476. https://doi.org/10.1108/01443571111119551
- Contini, F., & Lanzara, G. F. (Eds.). (2014). The circulation of agency in e-justice: Interoperability and infrastructures for European transborder judicial proceedings. Springer. https://doi.org/10.1007/978-94-007-7525-1
- De Vries, H., Bekkers, V., & Tummers, L. (2016). Innovation in the public sector: A systematic review and future research agenda. Public Administration, 94(1), 146-166. https://doi.org/10.1111/padm.12209
- Dunleavy, P., Margetts, H., Bastow, S., & Tinkler, J. (2006). New public management is dead - long live digital-era governance. Journal of Public Administration Research and Theory, 16(3), 467-494. https://doi.org/10.1093/jopart/mui057
- Hood, C. (1991). A public management for all seasons? Public Administration, 69(1), 3-19. https://doi.org/10.1111/j.1467-9299.1991.tb00779.x
- Lupo, G., & Bailey, J. (2014). Designing and implementing e-justice systems: Some lessons learned from EU and Canadian examples. Laws, 3(2), 353-387. https://doi.org/10.3390/laws3020353
- Reiling, A. D. (2020). Courts and artificial intelligence. International Journal for Court Administration, 11(2), 8. https://doi.org/10.36745/ijca.343
- Velicogna, M. (2007). Justice systems and ICT: What can be learned from Europe? Utrecht Law Review, 3(1), 129-147. https://doi.org/10.18352/ulr.41
- Walker, H., & Brammer, S. (2009). Sustainable procurement in the United Kingdom public sector. Supply Chain Management: An International Journal, 14(2), 128-137. https://doi.org/10.1108/13598540910941993
- Woodward, D. G. (1997). Life cycle costing - theory, information acquisition and application. International Journal of Project Management, 15(6), 335-344. https://doi.org/10.1016/S0263-7863(96)00089-0
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgust PF-140-son “Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-7696567
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-aprel PQ-2872-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti ishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/mact/-3252979
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-sentabr PQ-4818-son “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/acts/-4979896
- Abduraimova, N. (2025, 5-sentabr). Raqamlashayotgan sud tizimi: adolat sari qoʻyilgan eng ishonchli qadam. Oʻzbekiston milliy axborot agentligi (UzA). https://uza.uz/en/posts/raqamlashayotgan-sud-tizimi-adolat-sari-qoyilgan-eng-ishonchli-qadam_756906