OʻZBEKISTONNING YASHIL TURIZM JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Abstract

Tezisda Oʻzbekistonning yashil turizm jozibadorligini oshirishda raqamli marketing strategiyalarini takomillashtirish masalalari oʻrganildi. Barqaror turizm, ekoturizm va raqamli turizm marketingiga oid ilmiy yondashuvlar umumlashtirildi. 2024-2025-yillardagi xorijiy tashriflar va turistik xizmatlar eksporti dinamikasi hamda 2025-yilga belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar tahlil qilindi. 2025-yilning sakkiz oyida eksport tashriflarga nisbatan qariyb 2,5 barobar tez oʻsgani, yillik eksport maqsadi 115 foizga bajarilgani, bir tashrifga toʻgʻri keladigan tushum 399 dollardan 505 dollarga oshgani aniqlandi va bu koʻrsatkichni yanada oshirishda yashil turizmning oʻrni asoslandi. Maqsadli segmentlar, kontent, ijtimoiy tarmoqlar, shaxsiylashtirish va ekologik ishonch strategiyalarini milliy turizm platformasi atrofida birlashtirgan model hamda uning samaradorlik koʻrsatkichlari taklif etildi. Natijalar turizm sohasidagi davlat organlari, milliy bogʻlar va qoʻriqxonalar, turoperatorlar hamda mehmonxonalar uchun raqamli marketing faoliyatini rejalashtirishda amaliy ahamiyatga ega. Taklif etilgan koʻrsatkichlar strategiyalar natijasini har chorakda baholash imkonini beradi.

Keywords

yashil turizm, ekoturizm, raqamli marketing, turistik jozibadorlik, ijtimoiy tarmoqlar, yashil sertifikat, milliy turizm platformasi.


References

  1. Bramwell, B., & Lane, B. (1993). Sustainable tourism: An evolving global approach. Journal of Sustainable Tourism, 1(1), 1-5. https://doi.org/10.1080/09669589309450696
  2. Buhalis, D., & Law, R. (2008). Progress in information technology and tourism management: 20 years on and 10 years after the Internet - The state of eTourism research. Tourism Management, 29(4), 609-623. https://doi.org/10.1016/j.tourman.2008.01.005
  3. Font, X., & McCabe, S. (2017). Sustainability and marketing in tourism: Its contexts, paradoxes, approaches, challenges and potential. Journal of Sustainable Tourism, 25(7), 869-883. https://doi.org/10.1080/09669582.2017.1301721
  4. Gretzel, U., Sigala, M., Xiang, Z., & Koo, C. (2015). Smart tourism: Foundations and developments. Electronic Markets, 25(3), 179-188. https://doi.org/10.1007/s12525-015-0196-8
  5. Han, H. (2021). Consumer behavior and environmental sustainability in tourism and hospitality: A review of theories, concepts, and latest research. Journal of Sustainable Tourism, 29(7), 1021-1042. https://doi.org/10.1080/09669582.2021.1903019
  6. Leung, D., Law, R., van Hoof, H., & Buhalis, D. (2013). Social media in tourism and hospitality: A literature review. Journal of Travel & Tourism Marketing, 30(1-2), 3-22. https://doi.org/10.1080/10548408.2013.750919
  7. Weaver, D. B., & Lawton, L. J. (2007). Twenty years on: The state of contemporary ecotourism research. Tourism Management, 28(5), 1168-1179. https://doi.org/10.1016/j.tourman.2007.03.004
  8. Xiang, Z., & Gretzel, U. (2010). Role of social media in online travel information search. Tourism Management, 31(2), 179-188. https://doi.org/10.1016/j.tourman.2009.02.016
  9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-may PF-87-son “2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin koʻpaytirish va turistik xizmatlar koʻlamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/acts/-7531559
  10. Global amaliyotda ekoturizm nima va Oʻzbekiston uni qanday rivojlantirishi mumkin? (2024, 31-oktyabr). Gazeta.uz. https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/31/ecotourism/
  11. Oʻzbekistonga 8 oyda 9,1 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. (2025, 9-sentyabr). Anhor.uz. https://anhor.uz/uzl/news/uzbekiston-9-million-sayyoh-8-oy
  12. Turizm va investitsiya masalalari muhokama qilindi. (2025, 9-aprel). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. https://president.uz/oz/lists/view/8049

Downloads

Download data is not yet available.