HUDUDLARNING EKOLOGIK-IQTISODIY IXTISOSLASHUVINI TAKOMILLASHTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI VA STRATEGIK USTUVOR YOʻNALISHLARI

III Bioiqtisodiyot xalqaro forumi, Buxoro, 24-25-sentabr 2026

Abstract

Maqolada mintaqalarning ekologik-iqtisodiy ixtisoslashuvi samaradorligini baholashning nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etiladi. Hududlarning tabiiy-resurs salohiyati, ishlab chiqarish tarkibi, iqtisodiy natijadorligi va ekologik yuklamasi oʻrtasidagi funksional bogʻliqliklar asoslanadi. Ekologik-iqtisodiy samaradorlikni baholashda resurslar unumdorligi, yaratilgan qoʻshilgan qiymat va ekologik xarajatlarni integratsiyalashga asoslangan kompleks indikatorlar tizimi taklif etiladi. Tahlil Statistika agentligining 2016-2024-yillar hududiy maʼlumotlari va Namangan viloyati tumanlari koʻrsatkichlari asosida oʻtkazilgan. Bu davrda respublika yalpi ichki mahsuloti nominal ifodada 5,29 barobar oshgani, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar hajmi 14,0 foizga kamaygani, Toshkent viloyatida esa 45,9 foizga koʻpaygani aniqlangan. Namangan viloyatida agrar ishlab chiqarishning eng katta hajmi 2024-yilda Yangiqoʻrgʻon tumanida (5 908,3 mlrd soʻm) qayd etilgan. Hududiy ixtisoslashuvning ekologik cheklovlarini hisobga oluvchi integral baholash yondashuvi asosida iqtisodiy oʻsish va ekologik barqarorlik oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlari asoslanadi.

Keywords

mintaqaviy iqtisodiyot, ekologik-iqtisodiy ixtisoslashuv, iqtisodiy samaradorlik, ekologik barqarorlik, tabiiy-resurs salohiyati, ekologik yuklama, resurslar unumdorligi, qoʻshilgan qiymat, integral baholash, hududiy ixtisoslashuv.


References

  1. OECD. (2024). OECD Regions and Cities at a Glance 2024. Paris: OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/f42db3bf-en
  2. OECD. (2025). Strengthening regional policy for resilient places (OECD Regional Development Papers). Paris: OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/ea24eab5-en
  3. UNEP, International Resource Panel. (2024). Global Resources Outlook 2024: Bend the trend - Pathways to a liveable planet as resource use spikes. Nairobi: United Nations Environment Programme. https://www.unep.org/resources/Global-Resource-Outlook-2024
  4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvar PF-16-son “«Oʻzbekiston - 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/7369745
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyun 371-son “«Yashil» davlat xaridlarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/uz/docs/7577902
  6. Namangan viloyati statistika boshqarmasi. (2025). Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining asosiy koʻrsatkichlari: 2024-yil yanvar-dekabr (press-reliz). https://namstat.uz/images/Pres-Reliz/2024/Selhoz2024_dekabr.pdf
  7. Namangan viloyati statistika boshqarmasi. (2025). Sanoat: 2025-yil yanvar-may (press-reliz). https://namstat.uz/images/Pres-Reliz/2025/Sanoat2025_may.pdf
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. Statistika axborot-tahlil tizimi (SIAT): yalpi ichki (hududiy) mahsulot hajmi (1.01.03.0001) va atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar (3.02.02.0001) koʻrsatkichlari. https://siat.stat.uz

Downloads

Download data is not yet available.