LOGISTIKA SOHASIDA OMBORXONA XIZMATI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
Tashkilot
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Transport muhandisligi va logistika” kafedrasi assistenti
Annotatsiya
Ushbu maqolada logistika tizimida omborlarning ahamiyati bayon etilgan. Mamlakatimizda xizmat koʻrsatish sohasini, shuningdek, logistika va yuk tashuvlari, omborxona logistikasini rivojlantirish va sifatini yaxshilash kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonidagi ahamiyatiga koʻra va xizmat koʻrsatish sohasiga qarab omborlarning turlari bayon etilgan. Tadqiqotda ombor xoʻjaligining logistika tizimidagi oʻrni, ombor xizmati va omborga joylashtirish tushunchalarining mazmuni, zaxiralarni omborda saqlash bilan bogʻliq xarajatlar hamda omborga joylashtirishning ijobiy tomonlari tahlil qilingan. Ishlab chiqarish tashkilotlari omborlari beshta turga, xizmat koʻrsatish sohasiga koʻra korxona omborlari esa uchta turga ajratilib, ularning vazifalari sxemalar yordamida koʻrsatilgan. Korxona boshqaruv tuzilmasida ombor xoʻjaligining material va taqsimot oqimlarini boshqarish boʻlinmasi tarkibidagi oʻrni ochib berilgan. Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy va mantiqiy tahlil hamda guruhlash usullaridan foydalanilgan. Omborxona faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun xizmatlar sifatini oshirish, xizmat turlarini kengaytirish, axborot texnologiyalarini joriy etish va xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan takliflar keltirilgan.Kalit so'zlar
ombor xizmati, omborga joylashtirish, logistika, omborxona logistikasi, ombor xoʻjaligi, ombor turlari, logistik servis, zaxiralarni boshqarish
Foydalanilgan adabiyotlar
- Baker, P., & Canessa, M. (2009). Warehouse design: A structured approach. European Journal of Operational Research, 193(2), 425-436. https://doi.org/10.1016/j.ejor.2007.11.045
- Boysen, N., de Koster, R., & Weidinger, F. (2019). Warehousing in the e- commerce era: A survey. European Journal of Operational Research, 277(2), 396-411. https://doi.org/10.1016/j.ejor.2018.08.023
- Coals, B. U. T. (2023). Integration of logistics functional areas and the place of warehousing in them. International Journal of Management and Economics Fundamental, 3(12), 50-57
- De Koster, R., Le-Duc, T., & Roodbergen, K. J. (2007). Design and control of warehouse order picking: A literature review. European Journal of Operational Research, 182(2), 481-501. https://doi.org/10.1016/j.ejor.2006.07.009
- Gu, J., Goetschalckx, M., & McGinnis, L. F. (2007). Research on warehouse operation: A comprehensive review. European Journal of Operational Research, 177(1), 1-21. https://doi.org/10.1016/j.ejor.2006.02.025
- Kembro, J. H., Norrman, A., & Eriksson, E. (2018). Adapting warehouse operations and design to omni-channel logistics: A literature review and research agenda. International Journal of Physical Distribution & Logistics Management, 48(9), 890-912. https://doi.org/10.1108/IJPDLM-01-2017-0052
- Kuziyev, A., Muratov, A., Suyunov, O., Mardonov, S., & Samatova, B. (2025). Clark-Wright algorithm in routing small-batch cargo transportation. AIP Conference Proceedings, 3268(1), 050016
- Бауэрсокс Д.Дж., Клосс Д.Дж. Логистика: интегрированная цепь поставок / пер. с англ. - М.: ЗАО «Олимп-Бизнес», 2011. - 640 с
- Миротин Л.Б., Ташбаев Ы.Э. Логистика для предпринимателя: основные понятия, положения и процедуры: учебное пособие. - М.: ИНФРА-М, 2021
- Трифилова А.А., Воронков А.Н. Маркетинговая логистика: учебное пособие. - СПб.: Союз, 2021
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar PF-60-son “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/5841063
- Karriyeva Ya.K. Globallashuv jarayonida xalqaro transport logistik tizimi faoliyatining samaradorligi. - T.: TDAU nashr tahririyati, 2003
- Xoʻjayev F. Logistika: darslik. - T.: Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, 2022
- Xoʻjayev F., Muxtorova I. Xalqaro logistika: oʻquv qoʻllanma. - T.: Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, 2023
Yuklab olishlar
Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.