UY-JOY FONDINI KOMPLEKS BOSHQARISH TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI

Tashkilotlar
a Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
b Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Marketing jurnali — 2026-yil sentabr, 9-son

Annotatsiya

Maqolada uy-joy fondini kompleks boshqarish tizimini rivojlantirishning xorijiy tajribasi Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirish nuqtai nazaridan oʻrganildi. Tizimli, institutsional va qiyosiy yondashuvlar asosida Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, AQSh, Polsha hamda Finlyandiya amaliyoti tahlil qilindi. Boshqaruvning institutsional, texnik, moliyaviy, xizmat koʻrsatish, energetik, axborot va strategik yoʻnalishlari tizimlashtirildi. Mulkdorlar, professional boshqaruv tashkilotlari va xizmat koʻrsatuvchilar oʻrtasida vazifalarni aniq taqsimlashning ahamiyati yoritildi. Xorijiy modellarni tanlab moslashtirish, boshqaruvchilar malakasini oshirish, moliyaviy shaffoflikni taʼminlash va raqamli hisobotni rivojlantirish yoʻnalishlari belgilandi. Tahlil asosida mulkdorlar ishtirokini kengaytirish, xizmatlar raqobatini rivojlantirish hamda binolarning uzoq muddatli texnik holatini saqlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi. Ushbu takliflarda boshqaruv ishtirokchilarining vakolatlari, hisobdorligi va kasbiy masʼuliyatini uygʻunlashtirishga eʼtibor qaratildi.

Kalit so'zlar

uy-joy fondi, kompleks boshqaruv, xorijiy tajriba, professional boshqaruv, mulkdorlar ishtiroki, moliyaviy shaffoflik, raqamli hisobot, institutsional moslashtirish


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Blandy, S., Dupuis, A., & Dixon, J. (Eds.). (2010). Multi-owned Housing: Law, Power and Practice. Farnham: Ashgate Publishing. ISBN 978-0-7546-7566-2
  2. Yau, Y. (2011). Homeownersʼ participation in management of multi-storey residential buildings: The Hong Kongʻs case. Property Management, 29(4), 345-356. DOI: 10.1108/02637471111154791
  3. Ho, D.C.W., & Gao, W. (2013). Collective action in apartment building management in Hong Kong. Habitat International, 38, 10-17. DOI: 10.1016/j.habitatint.2012.09.001
  4. Johnston, N., & Too, E. (2015). Multi-owned properties in Australia: A governance typology of issues and outcomes. International Journal of Housing Markets and Analysis, 8(4), 451-470. DOI: 10.1108/IJHMA-02-2015-0005
  5. Gao, L.W., & Ho, D.C.W. (2016). Explaining the outcomes of multi-owned housing management: A collective action perspective. Habitat International, 57, 233- 241. DOI: 10.1016/j.habitatint.2016.08.005
  6. Muczyński, A. (2023). Collective renovation decisions in multi-owned housing management: The case of public-private homeowners associations in Poland. Journal of Housing and the Built Environment, 38, 2105-2127. DOI: 10.1007/s10901-023- 10025-1
  7. Muczyński, A. (2023). Potential impact of property management on the market value of dwellings in multi-owned housing. Journal of Housing and the Built Environment, 38, 2207-2227. DOI: 10.1007/s10901-023-10032-2
  8. Muczyński, A. (2024). Social housing management: A long-term planning perspective on the example of a Polish municipality. Acta Scientiarum Polonorum Administratio Locorum, 23(4), 389-402. DOI: 10.31648/aspal.10114
  9. Nurimbetov, R.I., & Kakhramonov, K.S. (2022). Перспективы развития системы управления многоквартирным жилищным фондом в Республике Узбекистан [Prospects for the development of the multi-apartment housing stock management system in the Republic of Uzbekistan]. Жилищные стратегии, 9(3), 309- 326. DOI: 10.18334/zhs.9.3.115232
  10. Kakhramonov, K., & Muczyński, A. (2025). Transformation of the multi- owned housing stock management system: A case study of Uzbekistan. Acta Scientiarum Polonorum Administratio Locorum, 24(3), 393-412. DOI: 10.31648/aspal.11191

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.