MINTAQAVIY IQTISODIY RIVOJLANISHNI RAQAMLI MONITORING QILISHNING INSTITUTSIONAL ARXITEKTURASI. XALQARO TAJRIBA VA OʻZBEKISTON UCHUN ADAPTIV YONDASHUVLAR

Tashkilot
Namangan davlat texnika universiteti image/svg+xml

Annotatsiya

Maqolada mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishni raqamli monitoring qilishning institutsional arxitekturasi, uning tarkibiy elementlari va boshqaruv darajalari oʻrtasidagi funksional aloqalar tadqiq etilgan. Xalqaro tajriba asosida koʻp darajali boshqaruv, hududiy maʼlumotlar integratsiyasi, monitoring va baholash mexanizmlarining mintaqaviy siyosatdagi oʻrni tizimlashtirilgan. Oʻzbekiston sharoitida davlat, hududiy boshqaruv organlari, statistika tizimi va raqamli platformalar oʻrtasidagi institutsional hamkorlikni kuchaytirishga asoslangan adaptiv yondashuv taklif etilgan. Raqamli monitoring natijalarini mintaqaviy boshqaruv qarorlariga integratsiyalashning konseptual yoʻnalishlari asoslangan. Tadqiqotda Oʻzbekiston hududlarining 2016-2025-yillardagi internet abonentlari, mobil aloqa bilan taʼminlanganlik va axborot-aloqa xizmatlari hajmi koʻrsatkichlari qiyosiy tahlil qilingan, Namangan viloyati misolida oʻn yillik dinamika alohida baholangan. Natijalar respublika boʻyicha internet abonentlari soni 3,76 marta, axborot va aloqa xizmatlari hajmi 12,60 marta oshganini, biroq hududlar oʻrtasida sezilarli tafovut saqlanib qolayotganini koʻrsatdi. Shu asosda markaziy darajada yagona maʼlumotlar standartlari va metodologiya belgilanadigan, hududiy darajada esa tahlil va qaror qabul qilish vakolatlari kuchaytiriladigan adaptiv model taklif etilgan.

Kalit so'zlar

mintaqaviy iqtisodiyot, raqamli monitoring, institutsional arxitektura, mintaqaviy rivojlanish, koʻp darajali boshqaruv, hududiy maʼlumotlar, raqamli platforma, adaptiv boshqaruv


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Benner, M. (2022). An institutionalist perspective on smart specialization: Towards a political economy of regional innovation policy. Science and Public Policy, 49(6), 878-889. https://doi.org/10.1093/scipol/scac035
  2. Gianelle, C., Guzzo, F., & Mieszkowski, K. (2024). The governance of regional innovation policy and its economic implications. The Annals of Regional Science, 72(4). https://doi.org/10.1007/s00168-023-01241-2
  3. Kleibrink, A., Gianelle, C., & Doussineau, M. (2016). Monitoring innovation and territorial development in Europe: Emergent strategic management. European Planning Studies, 24(8), 1438-1458. https://doi.org/10.1080/09654313.2016.1181717
  4. Meyer, C. (2020). Reinforcing comparative monitoring of Smart Specialisation performance across European regions: Transnational RIS3 observatory model as a tool for Smart Specialisation governance. Entrepreneurship and Sustainability Issues, 8(2), 1386-1400. https://doi.org/10.9770/jesi.2020.8.2(81)
  5. Moujaes, G. (2024). Moving to Smart Specialization for sustainability: The implications on the design of monitoring indicators. Science and Public Policy, 51(1), 127-143. https://doi.org/10.1093/scipol/scad056
  6. OECD. (2023). Recommendation of the Council on Regional Development Policy. Paris: OECD
  7. OECD. (2025). Implementation Toolkit: OECD Recommendation on Regional Development Policy. Paris: OECD. https://www.oecd.org/en/about/projects/implementing-the-oecd-recommendation-on-regional-development-policy-toolkit.html
  8. Pinto, H. (2024). Universities and institutionalization of regional innovation policy in peripheral regions: Insights from the smart specialization in Portugal. Regional Science Policy & Practice, 16(1), 12659. https://doi.org/10.1111/rsp3.12659
  9. Pinto, H., Laranja, M., & Uyarra, E. (2024). Smart specialization, public authorities, and innovation intermediaries in developing regions. Regional Sustainability, 5(4), 100175. https://doi.org/10.1016/j.regsus.2024.100175
  10. Trippl, M., Zukauskaite, E., & Healy, A. (2020). Shaping smart specialization: The role of place-specific factors in advanced, intermediate and less-developed European regions. Regional Studies, 54(10), 1328-1340. https://doi.org/10.1080/00343404.2019.1582763
  11. United Nations Development Programme. (2025). Institutionalizing M&E for Uzbekistanʼs Digital Transformation. Tashkent: UNDP Uzbekistan
  12. Wibisono, E. (2022). Multilevel governance and Smart Specialization in EU regions: An evidence-based critical review. European Journal of Government and Economics, 11(2), 234-250. https://doi.org/10.17979/ejge.2022.11.2.9004
  13. World Bank. (2025). GovTech Maturity Index 2025: Tracking Public Sector Digital Transformation Worldwide. Washington, DC: World Bank. https://documents.worldbank.org/en/publication/documents-reports/documentdetail/099121725193511608
  14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabr PF-6079-son “«Raqamli Oʻzbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-5030957
  15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyul PF-141-son Farmoni
  16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabr PQ-286-son “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/docs/-7730357
  17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-mart 93-son Qarori
  18. BMT Taraqqiyot dasturi. (2025). Monitoring va baholash (M&E) boʻyicha metodologik qoʻllanma. Toshkent: BMT Taraqqiyot dasturi

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.