QISHLOQ XOʻJALIGI CHIQINDILARINING BIOIQTISODIY SALOHIYATIDAN FOYDALANISH ORQALI YASHIL IQTISODIYOTGA OʻTISHNI TAʼMINLASH MEXANIZMLARI
Tashkilot
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi “Iqtisodiyot va boshqaruv” kafedrasi assistenti
Annotatsiya
Maqolada qishloq xoʻjaligi chiqindilarining bioiqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish orqali Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotga oʻtishni jadallashtirish mexanizmlari tadqiq etilgan. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining kengayishi natijasida shakllanayotgan somon, poya, gʻoʻzapoya, chorvachilik chiqindilari, meva-sabzavot qoldiqlari va boshqa biomassa resurslarining iqtisodiy qiymatini qayta yuzaga chiqarish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda 2015-2024-yillarda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining umumiy dinamikasi, oʻsimlikchilik va chorvachilik tarmoqlaridagi oʻzgarishlar hamda ayrim asosiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi koʻrib chiqilgan. Qishloq xoʻjaligi chiqindilarining ikkilamchi xomashyo, bioenergiya, organik oʻgʻit va boshqa qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar manbai sifatidagi salohiyatiga alohida eʼtibor qaratilgan. Tahlil natijalariga koʻra, 2015-2024-yillarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi 4,4 barobarga oshgan, chorvachilik esa oʻsimlikchilikka nisbatan tezroq oʻsgan. Bioiqtisodiy loyihalar samaradorligini baholash koʻrsatkichlari tizimi hamda chiqindilarni yashil iqtisodiyot natijalariga aylantirish mexanizmi taklif etilgan. Tadqiqot resurs samaradorligi, chiqindilarni qayta ishlash, iqtisodiy qiymat yaratish va ekologik barqarorlikni yagona bioiqtisodiy tizimda uygʻunlashtirish muhimligini koʻrsatadi.Kalit so'zlar
bioiqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi chiqindilari, biomassa, yashil iqtisodiyot, aylanma iqtisodiyot, bioenergiya, biooʻgʻit, qoʻshilgan qiymat
Foydalanilgan adabiyotlar
- Bugge, M. M., Hansen, T., & Klitkou, A. (2016). What is the bioeconomy? A review of the literature. Sustainability, 8(7), 691. https://doi.org/10.3390/su8070691
- DʼAmato, D., Droste, N., Allen, B., Kettunen, M., Lähtinen, K., Korhonen, J., Leskinen, P., Matthies, B. D., & Toppinen, A. (2017). Green, circular, bio economy: A comparative analysis of sustainability avenues. Journal of Cleaner Production, 168, 716-734. https://doi.org/10.1016/j.jclepro.2017.09.053
- European Commission. (2018). A sustainable bioeconomy for Europe: Strengthening the connection between economy, society and the environment. Updated Bioeconomy Strategy. Brussels: European Commission
- FAO. (2021). Aspirational principles and criteria for a sustainable bioeconomy. Food and Agriculture Organization of the United Nations
- Galimova, F., Dekhkanova, N., & Biktimirova, R. (2025). Involvement of the government in supporting bioeconomy policy in Uzbekistan from an institutional and legal perspective. International Journal of Management and Economics Fundamental, 5(3), 35-44
- International Energy Agency. (2020). Outlook for biogas and biomethane: Prospects for organic growth. IEA. https://www.iea.org/reports/outlook-for-biogas-and-biomethane-prospects-for-organic-growth
- International Labour Organization. (2018). World employment and social outlook 2018: Greening with jobs. ILO. https://www.ilo.org/publications/world-employment-and-social-outlook-2018-greening-jobs
- Kirchherr, J., Reike, D., & Hekkert, M. (2017). Conceptualizing the circular economy: An analysis of 114 definitions. Resources, Conservation and Recycling, 127, 221-232. https://doi.org/10.1016/j.resconrec.2017.09.005
- Stegmann, P., Londo, M., & Junginger, M. (2020). The circular bioeconomy: Its elements and role in European bioeconomy clusters. Resources, Conservation & Recycling: X, 6, 100029. https://doi.org/10.1016/j.rcrx.2019.100029
- Wagh, M. S., Sowjanya, S., Nath, P. C., Chakraborty, A., Amrit, R., Mishra, B., Mishra, A. K., & Mohanta, Y. K. (2024). Valorisation of agro-industrial wastes: Circular bioeconomy and biorefinery process - A sustainable symphony. Process Safety and Environmental Protection, 183, 708-725. https://doi.org/10.1016/j.psep.2024.01.055
- Woolf, D., Amonette, J. E., Street-Perrott, F. A., Lehmann, J., & Joseph, S. (2010). Sustainable biochar to mitigate global climate change. Nature Communications, 1, 56. https://doi.org/10.1038/ncomms1053
- World Bank. (2022). Towards a greener economy in Uzbekistan. Washington, DC: World Bank. https://openknowledge.worldbank.org/entities/publication/7046a76c-f533-5846-83e4-7dde22f2ad03
- Yaashikaa, P. R., Senthil Kumar, P., & Varjani, S. (2022). Valorization of agro-industrial wastes for biorefinery process and circular bioeconomy: A critical review. Bioresource Technology, 343, 126126. https://doi.org/10.1016/j.biortech.2021.126126
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabr PQ-4477-son “2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/docs/4539502
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi. SIAT statistik maʼlumotlar bazasi: qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, 2015-2024- yillar. https://siat.stat.uz
Yuklab olishlar
Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.