RAQAMLI TRANSFORMATSIYALASHTIRISH ASOSIDA KORXONALAR BIZNES-JARAYONLARINI TASHKIL QILISHDAGI MUAMMOLAR

Tashkilot
Xalqaro Nordik universiteti image/svg+xml
Marketing — 10-son, oktabr 2026

Annotatsiya

Maqolada korxonalar biznes-jarayonlarini raqamli texnologiyalar negizida qayta tashkil etish jarayonida kelib chiqadigan muammolarning ilmiy tasnifi ishlab chiqilgan va ularning nazariy hamda statistik asoslari yoritilgan. Boston Consulting Group va McKinsey & Company tomonidan oʻtkazilgan xalqaro tadqiqotlar koʻrsatishicha, raqamli transformatsiya loyihalarining yarmidan koʻpi belgilangan maqsadga toʻliq erishmaydi, bu esa muvaffaqiyatsizlikning tabiatan tizimli ekanligidan dalolat beradi. Tadqiqot davomida muammolar oltita oʻzaro bogʻliq turkumga, yaʼni texnologik, tashkiliy-boshqaruv, moliyaviy, kadrlar, meʼyoriy-huquqiy va uslubiy-oʻlchov turkumlariga ajratilgan boʻlib, ularning sabab-natija munosabatlari Ishikawa diagrammasi vositasida, nisbiy ustuvorligi esa ehtimollik matritsasi yordamida koʻrsatilgan. Tahlil natijasida tashkiliy qarshilik va malakali kadrlar yetishmovchiligi eng yuqori tavakkalchilik darajasiga ega muammolar sifatida belgilangan. Olingan xulosalarni empirik tasdiqlash uchun Likert shkalasiga asoslangan soʻrovnoma metodikasi va uni korxonalarning raqamlashtirish darajasi koʻrsatkichi bilan korrelyatsion bogʻlash yoʻnalishi taklif etilgan.

Kalit so'zlar

raqamli transformatsiya, biznes-jarayonlar, muammolar tasnifi, Ishikawa diagrammasi, taʼsir/ehtimollik matritsasi, tashkiliy oʻzgarishlarni boshqarish, biznes-jarayonlarni boshqarish yetuklik modeli


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Boston Consulting Group. (2020). Flipping the odds of digital transformation success. https://www.bcg.com/publications/2020/increasing-odds-of-success-in-digital-transformation
  2. IBM. (2025, July 30). IBM report: 13% of organizations reported breaches of AI models or applications, 97% of which reported lacking proper AI access controls [Press release]. https://newsroom.ibm.com/2025-07-30-ibm-report-13-of-organizations-reported-breaches-of-ai-models-or-applications,-97-of-which-reported-lacking-proper-ai-access-controls
  3. IBM Security, & Ponemon Institute. (2025). Cost of a data breach report 2025. IBM Corporation
  4. Ishikawa, K. (1976). Guide to quality control. Asian Productivity Organization. (Original work published 1968, JUSE)
  5. Kotter, J. P. (1996). Leading change. Harvard Business School Press
  6. McKinsey & Company. (2018). Unlocking success in digital transformations [Global survey]. https://www.mckinsey.com/featured-insights/leadership/unlocking-success-in-digital-transformations
  7. Rosemann, M., & de Bruin, T. (2005). Towards a business process management maturity model. In Proceedings of the 13th European Conference on Information Systems (ECIS 2005), Regensburg. https://aisel.aisnet.org/ecis2005/37
  8. United Nations Department of Economic and Social Affairs. (2024). United Nations E-Government Survey 2024: Accelerating digital transformation for sustainable development. United Nations. https://publicadministration.un.org/egovkb/en-us/Reports/UN-E-Government-Survey-2024
  9. World Bank Group. (2025). Enterprise Surveys: Methodology. https://www.enterprisesurveys.org/en/methodology
  10. World Economic Forum. (2025a). The future of jobs report 2025. https://www.weforum.org/publications/the-future-of-jobs-report-2025/
  11. World Economic Forum. (2025b, January 8). Future of Jobs Report 2025: 78 million new job opportunities by 2030 but urgent upskilling needed to prepare workforces [Press release]. https://www.weforum.org/press/2025/01/future-of-jobs-report-2025-78-million-new-job-opportunities-by-2030-but-urgent-upskilling-needed-to-prepare-workforces/
  12. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxonalari toʻgʻrisida maʼlumot, 2024. https://stat.uz/uz/
  13. Abdullaev, M. K., & Eshonqulova, Z. M. (2024). Kompaniya ishlab chiqarish jarayonida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari. Economics and Innovative Technologies, 12(6), 109-116. https://doi.org/10.55439/EIT/vol12_iss6/644

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.