MINTAQALARNI STRATEGIK RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA BIOIQTISODIYOT KOʻRSATKICHLARINI QOʻLLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI

Tashkilot
Namangan davlat texnika universiteti image/svg+xml
III Bioiqtisodiyot xalqaro forumi, Buxoro, 24-25-sentabr 2026

Annotatsiya

Maqolada mintaqalarni strategik rivojlantirish samaradorligini baholashda bioiqtisodiyot koʻrsatkichlaridan foydalanishning metodologik asoslari oʻrganildi. Bioiqtisodiyotning resursga, biotexnologiyaga va ekologiyaga asoslangan talqinlarini umumlashtirib, uni hududiy strategiyaning mustaqil baholash obyekti sifatida asoslandi. Yevropa Ittifoqining bioiqtisodiyot monitoringi tajribasi va Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligining yalpi ichki mahsulot hamda bandlikdagi ulushi rasmiy manbalar asosida qiyosiy baholandi, nisbiy unumdorlik koeffitsiyenti hisoblandi. Bio-asosli qoʻshilgan qiymat, bandlik, biomassa taʼminoti, resurs unumdorligi va bio-chiqindilarni qayta ishlashni qamrab olgan koʻrsatkichlar tizimi hamda kompozit indeksni qurish tartibi taklif etildi. Kompozit indeksni qurishda minimum-maksimum usulida normallashtirish, vaznli agregatsiya va sezgirlik tahlili bosqichlari xalqaro qoʻllanma tavsiyalari asosida uslubiy jihatdan asoslandi. Natijada hududiy bioiqtisodiyot indeksini strategik maqsadlar bilan bogʻlaydigan konseptual model ishlab chiqildi va uni hududiy statistika amaliyotiga joriy etish boʻyicha takliflar asoslab berildi. Taklif etilgan yondashuv hududiy strategiyalar bajarilishini shaffof kuzatish imkonini berishi koʻrsatildi.

Kalit so'zlar

bioiqtisodiyot, hududiy strategiya, strategik samaradorlik, kompozit indeks, normallashtirish, vaznlash, bio-asosli qoʻshilgan qiymat, resurs unumdorligi


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Bugge, M. M., Hansen, T., & Klitkou, A. (2016). What is the bioeconomy? A review of the literature. Sustainability, 8(7), 691. https://doi.org/10.3390/su8070691
  2. D’Amato, D., Droste, N., Allen, B., Kettunen, M., Lähtinen, K., Korhonen, J., Leskinen, P., Matthies, B. D., & Toppinen, A. (2017). Green, circular, bio economy: A comparative analysis of sustainability avenues. Journal of Cleaner Production, 168, 716-734. https://doi.org/10.1016/j.jclepro.2017.09.053
  3. European Commission. (2018). A sustainable bioeconomy for Europe: Strengthening the connection between economy, society and the environment (COM(2018) 673 final). Brussels. https://eur-lex.europa.eu/legal-content/EN/TXT/?uri=CELEX:52018DC0673
  4. Greco, S., Ishizaka, A., Tasiou, M., & Torrisi, G. (2019). On the methodological framework of composite indices: A review of the issues of weighting, aggregation, and robustness. Social Indicators Research, 141(1), 61-94. https://doi.org/10.1007/s11205-017-1832-9
  5. Kardung, M., Cingiz, K., Costenoble, O., Delahaye, R., Heijman, W., Lovrić, M., et al. (2021). Development of the circular bioeconomy: Drivers and indicators. Sustainability, 13(1), 413. https://doi.org/10.3390/su13010413
  6. Mazziotta, M., & Pareto, A. (2016). On a generalized non-compensatory composite index for measuring socio-economic phenomena. Social Indicators Research, 127(3), 983-1003. https://doi.org/10.1007/s11205-015-0998-2
  7. M’barek, R., Lasarte Lopez, J., & Borzacchiello, M. T. (2024). Brief on jobs and growth in the EU bioeconomy 2012-2021 (JRC137187). European Commission, Joint Research Centre. https://publications.jrc.ec.europa.eu/repository/handle/JRC137187
  8. McCormick, K., & Kautto, N. (2013). The bioeconomy in Europe: An overview. Sustainability, 5(6), 2589-2608. https://doi.org/10.3390/su5062589
  9. OECD, European Commission, & Joint Research Centre. (2008). Handbook on constructing composite indicators: Methodology and user guide. OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/9789264043466-en
  10. Robert, N., Giuntoli, J., Araujo, R., Avraamides, M., Balzi, E., Barredo, J. I., et al. (2020). Development of a bioeconomy monitoring framework for the European Union: An integrative and collaborative approach. New Biotechnology, 59, 10-19. https://doi.org/10.1016/j.nbt.2020.06.001
  11. Ronzon, T., & M’Barek, R. (2018). Socioeconomic indicators to monitor the EU’s bioeconomy in transition. Sustainability, 10(6), 1745. https://doi.org/10.3390/su10061745
  12. Saisana, M., Saltelli, A., & Tarantola, S. (2005). Uncertainty and sensitivity analysis techniques as tools for the quality assessment of composite indicators. Journal of the Royal Statistical Society: Series A (Statistics in Society), 168(2), 307-323. https://doi.org/10.1111/j.1467-985X.2005.00350.x
  13. Wesseler, J., & von Braun, J. (2017). Measuring the bioeconomy: Economics and policies. Annual Review of Resource Economics, 9, 275-298. https://doi.org/10.1146/annurev-resource-100516-053701
  14. World Bank. (2025). Agriculture, forestry, and fishing, value added (% of GDP) - Uzbekistan (NV.AGR.TOTL.ZS). World Development Indicators. https://data.worldbank.org/indicator/NV.AGR.TOTL.ZS?locations=UZ
  15. World Bank. (2025). Employment in agriculture (% of total employment) (modeled ILO estimate) - Uzbekistan (SL.AGR.EMPL.ZS). World Development Indicators. https://data.worldbank.org/indicator/SL.AGR.EMPL.ZS?locations=UZ
  16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16-fevral 2026-yil PF-21-son “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni https://lex.uz/ru/docs/-8050769
  17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabr PQ-436-son “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/docs/6303230
  18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabr PQ-4477-son “2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori. https://lex.uz/docs/4539502

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.